MILLIY LIBOSDA - MILLAT KO‘ZGUSI
Haftaning har juma kuni Pastdarg‘om tumanida "Milliy libos-millat qiyofasi" shiori ostidagi loyihalar amalga oshirilishi odatga aylandi.
Shunga ko‘ra, bugun ham tumanimizdagi barcha korxona-tashkilotlar masʼullari hamda davlat xizmatchilari milliy liboslarda ko‘rinish berdi.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi hamda hududiy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari fuqarolarga milliy liboslarda xizmat ko‘rsatishdi.
Bu kabi ishlarda o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, yosh avlod qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyasini ilgari surish maqsad qilingan.
Zero, milliy liboslarimiz o‘zida xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va anʼanalarini mujassam etgan.