insurez
29-03-2025 12:48

MILLIY LIBOS - MILLAT KO‘RKI


Haftaning har juma kuni Pastdarg‘om tumanida "Milliy libos-millat qiyofasi" shiori ostidagi loyihalar amalga oshirilishi odatga aylandi.

Shunga ko‘ra, kuni kecha  ham tumanimizdagi barcha korxona-tashkilotlar masʼullari hamda davlat xizmatchilari milliy liboslarda ko‘rinish berdi.

Shuningdek, tumanimizdagi taʼlim dargohlarida ham bu borada tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlarda o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyasini ilgari surish maqsad qilingan.

Zero, milliy liboslarimiz o‘zida xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va anʼanalarini mujassam etgan.

Teglar
- -