insurez
30-07-2025 17:47

MILLATLAR BIRLIGI - YURTIMIZ QUDRATI!


Jahon miqyosida nishonlanadigan bayramlar juda ham ko‘p va ularning alohida mazmun-mohiyati hamda ahamiyati mavjud. Mana shunday eng yosh xalqaro bayramlardan biri – Xalqlar do‘stligi kuni hisoblanadi.

Bugun mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv hayot kechirmoqda. Bu esa, yurtimizdagi o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikning samarasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

30-iyul — Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Pastdarg‘om tumanida "Millatlar birligi - yurtimiz qudrati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Ushbu bayramona tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va tinchlikni mustahkamlash, turli millat va elatlar vakillarining madaniyatini o‘rganish, ularga hurmat ruhining singdirish, yurtimizda do‘stlik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Albatta, bu kabi tadbirlar xalqlar, davlatlar, madaniyatlar va insonlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga, bu esa o‘z navbatida tinchlikni ta‘minlash va madaniy xilma- xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar o‘rtasida ko‘priklar o‘rnatishga imkoniyat yaratadi.

Teglar
- -