insurez
18-05-2025 13:04

MEHR VA EʼTIBORDAN MUNAVVAR DILLAR


O‘zbek xalqi azaldan mehribon, olijanob, saxovatli va hech kimdan yordamini, ko‘mak-daldasini ayamaydigan xalq sanaladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat ham aynan inson qadrini ulug‘lashga, yordamga muhtoj har bir fuqaroga ko‘maklashishga va xalqni rozi qilishga qaratilgan.

Pastdarg‘om tumanida yashovchi 77 nafar chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ham alohida eʼtibor qaratilgan bo'lib, ularga tashkilotlar rahbarlari mas'ul sifatida biriktirilgan.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari hamrohligida tumandagi o'ziga biriktirilgan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yosh avlod vakillaridan bir nechtasi, jumladan, Olmazor mahallasida yashovchi Sh.Abdumuradov va Amir Temur nomli mahallada istiqomat qiluvchi K.Temurmalikovalarning holidan xabar oldi.

Bunda, ularga sovg‘alar ulashilib, samimiy suhbatlar qurildi.

Shuningdek, yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, qiziqishlari, imkoniyatlari, kelgusidagi reja va maqsadlari bilan qiziqilib, bu borada tavsiyalar berildi.

Teglar
- -