insurez
04-02-2025 12:21

MAXSUS TEXNIKALAR MAVSUMGA SHAY (MI?)


Hademay qishning sovuq kunlari tugashi bilan dala-dashtda dehqonlar ishlari qizg‘in tus oladi. Yerga chigit qadash ham shu jumladan.

Bunga hozirdan puxta tayyorgarlik ko‘rib borilsa, ushbu jarayon o‘z muddatida va qiyinchiliklarsiz kechishi shubhasiz.

Vazirlar Mahkamasining "Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarorida, paxta maydonlarining agrofonini mashina yordamida terish uchun sifatli tayyorlash, mashina terimiga ajratilgan dalalarning qatorlar orasini ustun darajada 76 sm kenglikda tayyorlash belgilangan.

Pastdarg‘om tumanida ham bu borada tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan bo'lib, 2025-yil hosili uchun 30 ta MMTPlarda joylashgan 304 ta fermer xo‘jaliklaridagi 13 095 gektar yer maydonlariga chigit qadash uchun 188 dona chigit ekish siyalkalari ta'mirlanib, moslashtirilmoqda.

Yerga chigit qadash uchun zarur bo‘lgan texnikalarning jumladan, siyalkalarning barchasi maxsus maydonlarda jamlanib, shaylik holati ko‘zdan kechirilmoqda. Taʼmirlash joiz bo‘lgan texnikalar esa, mutaxassislar nazoratida taʼmirlanmoqda.

Pastdarg‘om tumani hokimi Sh.Rahmonov tuman IIB boshlig‘i va tegishli o‘rinbosar hamda qishloq xo‘jaligi masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda barcha texnikalarni chigit ekish jarayoniga shay holatga keltirish borasida tavsiya, ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -