MANZILLI KOLONIYADA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR
Pasdarg‘om tumanidagi 37-sonli manzilli koloniyasida O‘zbekiston Respublikasi IIB Jazoni ijro etish Departamenti masʼul xodimi, tuman hokimi o‘rinbosari, tegishli masʼullar va jazo muddatini o‘tayotgan mahkumalar ishtirokida "Jaholatga qarshi maʼrifat" va "Ayol hayotida kitobning o‘rni" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bunda, kitob o‘qish, unga mehr qo‘yishning afzalliklari, xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni hamda oila-turmush munosabatlaridagi huquqbuzarliklarni oldini olish, sog‘lom turmush tarzi, oilaviy nizolar kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
So‘ng, jazo muddatini o‘tayotgan mahkumalar holidan xabar olinib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.
Shuningdek, ularga huquqiy tushunchalar berilib, jinoyatchilik va qonunbuzarliklarning oqibatlari xususida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, jazo muddatidan so‘ng ijtimoiy hayotga moslashish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tavsiyalar berildi.