MANZILLI REJALAR BELGILIB OLINDI
Tuman hokimi J.Pardayev, prokuror, Xalq Deputatlari tuman Kengashi raisi, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, IJQKD tuman bo‘limi boshlig‘i, korxona va tashkilotlar rahbarlari, faollar hamda mahalla raislari ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda, tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, aholi murojaatlari va ularni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik borasida so‘z yuritilib, ushbu bo‘yicha barcha yana bir bor sergaklikka chaqirildi.




