insurez
21-02-2025 15:17

MANG’ITOBODDA YANGILANISH BAYRAMI NISHONLANDI


Navro'z - bu ayyom xalqimiz uchun sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, asl milliy va juda ardoqli bayram sanaladi.

Mazkur kun azal sharq xalqlarida ham yangilanish, yasharish bayrami, dehqonchilik mavsumining boshlanishi, yangi hayot pallasi sifatida ko'rilgan.

Pastdarg‘om tumanidagi Mang‘itobod mahallasida ushbu tantana munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari ishtirok etib barchani yaqinlashib kelayotgan shukuhli ayyom bilan samimiy tabrikladi.

Fayzli davrada yangragan o'zbekona kuy-qo‘shiqlar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Turli noz-ne'matlar dasturxonga tortildi, milliy taomlar pishirildi, xalqimizga xos milliy o'yinlar ham davraga o'zgacha fayz baxsh etdi.

Teglar
- -