insurez
11-11-2025 17:57

MAKTAB VA BOG‘CHALAR SOVUQ KUNLARGA SHAY(MI?)


Qish yaqinlashgan sari kunlar sovib bormoqda. Ushbu mavsumda ijtimoiy soha obyektlari ayniqsa, taʼlim dargohlarining holati va isitilishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov, tegishli o‘rinbosar va masʼullar hamrohligida, maktab, bog‘chalarda bo‘lib, ularning holati, qish mavsumiga tayyorligi hamda issiqlik tizimini ko‘zdan kechirdi.

Dastlab, o‘rganishlar 11-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabidan boshlanib, yaratilgan sharoitlar hamda to‘garaklar jarayoni bilan tanishildi.

So‘ng, 55-maktabda investitsiya dasturi asosida 4 milliard 320 million so‘m mablag‘ evaziga qurilayotgan yangi qo‘shimcha bino loyihasi hamda bu borada davom etayotgan qurilish ishlari bo‘yicha o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlar davomida 53-maktabdagi dars jarayoni, xonalar harorati va obodonchiligi ham eʼtibordan chetda qolmadi.

Bundan tashqari, 8-davlat bog‘chasining issiqlik tizimi, sanitariya holati, oziq-ovqat xavfsizligi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, bu borada aniq vazifalar belgilandi.

Teglar
- -