insurez
14-05-2025 12:45

MAHSULOTLAR SIFATI NAZORATDA


Kunlar isiy boshlashi bilanoq, salqin ichimliklar va muzqaymoqlarga bo‘lgan talab ham, ularning isteʼmoli ham ortib boradi.

Bu esa o‘z navbatida daromad ilinjida turli qo‘lbola yo‘llar bilan muzqaymoq tayyorlab sotadigan mavsumiy tadbirkorlar ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Tadbirkorlik qilish yaxshi, ammo sotilayotgan mahsulotlar sifati isteʼmolchilar salomatligiga xavf solmasa nur ustiga nur bo‘ladi.

Tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan joylardagi muzqaymoq kafelarida va asosiy yo‘l yoqalarida sotilayotgan muzqaymoqlar sifati nazoratdan o‘tkazilmoqda.

Bunda ularning isteʼmolga yaroqliligi, sifati, sanitariya va gigiyena talablariga javob berishi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Teglar
- -