insurez
08-03-2025 16:36

MAHKUMALAR BAYRAM BILAN QUTLANDI


8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutlug‘ sanada xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib, yuqori maqom darajasiga ko‘tarilmoqda.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda tuman hokimining o‘rinbosari hamrohligida tumanimizda joylashgan jazoni ijro etish muassasasida mahkumalar bilan uchrashdi.

Mahkuma xotin-qizlarni tuman hokimi bahorning ilk bayrami bilan muborakbod etdi.

Shu kabi, badiiy kitoblar hamda guldastalar ulashildi.

Shuningdek, murojaat va takliflari bor mahkum va mahkumalar bilan alohida suhbatlashildi.

Murojaatlar ro‘yxatga olinib, ijrosi yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -