MAHALLALARNING YANGI BINOLARI QAD ROSTLAYDI
Ayni paytda tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar va mutasaddilar hamrohligida Kamolot, Maroqanda, To‘qboy, Tinchlik, Iskandari va Baxshiboyi mahallalarida o‘rganish olib bormoqda.
Bunda, asosiy eʼtibor mazkur mahallalarning yangi maʼmuriy binosini qurish masalasiga qaratilib, bu boradagi takliflar tinglanyapti.
Yangi mahalla binolari uchun mos yer maydonlari tanlanib, ularning loyiha va hujjat ishlari puxta amalga oshirilishi, bunyodkorlik ishlarini tez kunlarda uyushqoqlik bilan boshlash borasida kelishilmoqda.