insurez
15-03-2025 16:29

MAHALLALARDAGI KUZATUV KAMERALARI "XAVFSIZ HUDUD" MARKAZIGA INTEGRATSIYA QILINMOQDA


“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Pastdarg‘om tumanidagi mahallalar markaziga, asosiy kirib-chiqish yo‘llariga va aholi gavjum hududlarga zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilayotgani xususida xabar qilgan edik.

Hozirda ushbu kameralar tuman IIB binosidagi "Xavfsiz hudud" monitoring markaziga integratsiya qilinib, yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Uning asosiy vazifasi, jamoat tartibini saqlash, tumanimizda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar va jinoyatlarni oldini olish, kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda bu borada tezkor tartibda ishlashga ko‘maklashishdan iborat.

Teglar
- -