MAHALLALARDAGI HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI
Tuman hokimi tegishli o‘rinbosarlar va tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi masʼullari ishtirokida mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati bo‘yicha tanqidiy-tahliliy uchrashuv o‘tkazildi.
Unda joriy yilning 9 oyi davomida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ularning asosiy hamda KPI ko‘rsatgichlari, kredit qarzdorligining to‘lanishi, aholi bandligini taʼminlash, kasb-hunarga o‘qitish darajasi, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi, muammoli, maqsadsiz yo‘naltirilgan kreditlar bo‘yicha qilingan tahlil natijalari muhokama etildi.
Shuningdek, o‘z faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaragan mahallalar masʼullari faoliyati tanqid ostiga olindi.
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berilib, bu boradagi aniq vazifalar belgilandi.




