insurez
03-04-2025 18:07

MAHALLALARDA "XAVFSIZ YO‘LAKLAR"


Shu kunlarda Pastdarg‘om tumanida xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikni oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mahallalarda davlatimiz rahbarining 1-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida "to‘siqsiz yo‘laklar" qurilib, tungi yoritgichlar o‘rnatilmoqda.

Mazkur ishlar Do‘rmonsoy mahallasida ham aholi birdamligida amalga oshirilayotgan bo‘lib, hozirga qadar hashar yo‘li orqali 3 kilometrga yaqin piyodalar yo‘lakchasi barpo etildi.

Bu kabi ishlar navbati bilan boshqa hududlarda ham davom etadi.

Teglar
- -