insurez
16-01-2026 13:54

MAHALLALAR TASHABBUSI BILAN...


Pastdarg‘om tumanida mahallalar infratuzilmasi va aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman hokimligi ilgari surgan taklifga asosan, mahallalar o‘z tashabbuslari va fuqarolar hamjihatligida hududlar obod bo‘lishiga hissa qo‘shib boryapti.

Xususan, Po‘latchi mahallasida o‘tgan yilning o‘zida,

3 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi va shag‘allashtirish ishlari ham olib borildi.

Harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida 1 kilometrdan ortiq piyodalar yo‘laklari "xavfsiz yo‘laklar" barpo etildi.

50 donaga yaqin tungi chiroqlar o'rnatildi.

Asosiy ko'chalar va aholi gavjum joylarga 60 donada ortiq kuzatuv hamda onlayn kameralar o'rnatildi.

Mahalla maʼmuriyati tashabbusi va aholi birdamligida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar davom etmoqda.

Teglar
- -