#Mahallabay_ishlash
ZORMONDA AHOLI VA YOSHLAR BILAN UCHRASHILIB, MAHALLA KO‘ZDAN KECHIRILDI
Pastdarg‘om tuman birinchi sektor rahbari Sh.Rahmonov xalq qabulxonasi mudiri hamda tegishli mutasaddilar hamrohligida, aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida Zormon mahallasi fuqarolari hamda yoshlari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
100 nafardan ortiq fuqarolar va yoshlar ishtirok etgan qabulda yoshlarga ajratilgan yer, elektr energiyasi, bandlik va boshqa shu kabi bir qator masalalar ilgari surildi. So’ngra, sektor raxbari tomonidan ishtirokchilarga aholi tomorqasi, “yashil makon” tadbirlari, xonadonlarga quyosh panellarini o’rnatish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Shundan so‘ng, mazkur mahalladagi 85-umumiy o‘rta taʼlim maktabidagi o‘quv jarayoni, xonalar harorati va yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan taʼlim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, milliy va xalqaro sertifikatlar olish, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yuqori marralarni zabt etish kabi muhim masalalar xususida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari xonadonma-xonadon yurilib, aholi kayfiyati, yashash sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida tomorqalardan unumli foydalanish, ularda tashkil etilgan issiqxonalar holati, to‘qsonbosti ekinlar ekilganligi ham eʼtibordan chetda qolmadi.
Shu kabi, tegishli tashkilotlar masʼullari, mahalla yettiligi va xalq faollari bilan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, uni yana-da obod qilish, ijtimoiy oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va tadbirkorlikka yo‘naltirish, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.