insurez
27-03-2025 12:16

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI


Tuman hokimi Sh.Rahmonov Nayman mahallasida 107 ta mahallalar yettiliklari, tegishli o‘rinbosarlar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va faollar ishtirokida Zoom platformasi orqali muhokama o‘tkazdi.

Muhokamada mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, ko‘chatlar o‘tqazish, "Besh tashabbus" musobaqalarini munosib tashkil etish, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, jinoyatchilikni oldini olish, mahalla hududida xavfsiz muhitni shakllantirish, ijtimoiy muhtoj oilalar bilan ishlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish, soliq va kommunal to‘lovlar kabi masalalar xususida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʼz yuritildi.

Shuningdek, mahalla yettiliklari faoliyati tahlil etilib, bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.

Teglar
- -