insurez
26-03-2025 17:40

MAHALLA TIZIMINING FAOL XODIMLARI EʼTIROF ETILDI


Maʼlumki, har yili yurtimizning barcha hududlarida 22 mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.

Pastdarg‘om tumanida ham ushbu kun munosabati bilan tumanda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari uchun tadbir tashkil qilindi. 

Bir piyola choy ustida bo‘lgan suhbat chog‘ida tuman hokimi Sherzod Rahmonov yig‘ilganlarni Navro‘zi olam va mahalla tizimi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi.

Shu kabi bir qator jonkuyar mahalla raislariga va faol xodimlarga tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan diltortar kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Teglar
- -