insurez
30-06-2025 16:22

MAHALLA RAISLARIGA XIZMAT GUVOHNOMASI VA KO‘KRAK BELGILARI TOPSHIRILDI


Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, mutasaddi tashkilot vakillari, mahalla raislari va faollari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan “Mahalla yettiligi” tizimi faoliyatini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish borasidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla raislarining jamiyatda tutgan o‘rni, aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lishi, har bir fuqaroning muammosiga eʼtibor bilan yondashishi zarurligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, tadbir davomida yangi saylangan mahalla raislariga xizmat guvohnomalari va “Mahalla raisi” ko‘krak belgisi tantanali tarzda topshirildi. 

Ushbu eʼtirof ularga yuklatilgan masʼuliyat va ishonchni yana-da chuqur anglashlari uchun sabablardan biri bo‘lishi shubhasiz.

Teglar
- -