insurez
18-02-2025 13:17

MAHALLABAY ISHLASH


Tuman hokimi tuman prokurori hamrohligida 2-sektor hududidagi mahallalar bo'ylab, aholi kayfiyati, fuqarolar muammolari, yashash sharoitlari, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy soha obyektlari holati hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

O'rganish ishlari Qo'shchinor hamda Madaniy yurish mahallalarida bo‘ldi. 

Bunda, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish, ichki suv yo‘llarini qazish va betonlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, mahallada fuqarolar uchun xavfsiz muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Bundan tashqari, nizoli oilalar bilan ishlash, ijtimoiy muhtoj xonadonlar holidan xabar olish, ushbu oilalarni kambag‘alikdan chiqarish va tadbirkorlikka yo‘naltirish, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Shu kabi, ijtimoiy soha obyektlari jumladan, 30-47-maktablar holati, hududiy tibbiyot punktlari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Xalq faollari, nuroniylar, mahalla yettiliklari, ta'lim va tibbiyot sohasi vakillari hamda tegishli masʼullar bilan joylarda suhbat o'tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq ko‘rsatma, topshiriqlar berildi.

O‘rganishlar boshqa mahallalarda ham davom etadi.

Teglar
- -