insurez
19-03-2025 15:52

#Live


Tumanimizda shaharsozlik tamoyillari asosida ko‘rkam ko‘p qavatli turar joy binolari qad rostlamoqda.

Bunda, aholi yashashi uchun yana-da qulay muhitni shakllantirish, shahar hududidagi yer maydonlaridan unumli foydalanish va tumanimizni har tomonlama rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Bugun, Navro‘z bayrami munosabati bilan Samarqand mahallasidagi ko‘p qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirilyapti.

“Mashʼal Trans Servis” MCHJ tomonidan qurib bitkazilgan, 5 qavatli 24 ta xonadondan tashkil topgan ushbu imoratga 7 milliard so‘m pul mablag‘lari jalb qilingan.

Tantanali ochilish marosimida nuroniylar, mutasaddilar va faollar hamrohligida ishtirok etgan tuman hokimi o'rinbosari barchani Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bu zamonaviy turar joy, aholining yaxshi kunlariga xizmat qilishini tilab qolamiz.

Teglar
- -