insurez
10-04-2025 19:00

KUN TARTIBIDA: "OMBOR DAFTARI"NING SOHALAR KESIMIDAGI TAHLILI


Xabaringiz bor, Pastdarg‘om tumanida barcha sohalarning 2025-yildagi aniq rejalari va oldiga qo‘ygan maqsadlari, yil yakunida kutilayotgan asosiy ko‘rsatgichlari belgilab olingan bo‘lib, masʼullar joriy yil avvalida ushbu xususida tuman hokimiga taqdimot qilishgan va bu borada barcha sohalarni qamrab olgan "Ombor daftarlari" shakllantirilgan edi.

Ushbu daftarda belgilangan asosiy vazifalar ijrosi bo‘yicha birinchi chorak yakunlarini tahlil etish maqsadida, tuman hokimi Sh.Rahmonov joriy hafta boshidan buyon yaʼni, dushanba kuni iqtisodiy sohaga doir tashkilotlar rahbarlarining, seshanba kuni ijtimoiy sohaga aloqador masʼullarning va chorshanba kuni esa, investitsiya sohasiga oid mutasaddilarning hisobotlarini qabul qilib bormoqda.

Bunda, har bir soha egasining ayni vaqtdagi ko‘rsatgichlari, hozirga qadar bajargan ishlari hamda belgilangan rejaga nisbatan holati yuzasidan hisobotlari tinglanib, masʼullardan marrani kattaroq olish, o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish so‘raldi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan so‘ngi yig‘ilishda ishlab chiqarish hajmlari, ish o‘rinlari va eksportni saqlab qolish, tarmoqma-tarmoq muammolarni tahlil qilish va yangi takliflar kiritish, tadbirkorlar masalalariga yechim topib borish topshirilgani taʼkidlanib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifa va maqsadlar belgilab olindi.

Barcha masʼullar tumanimizning har tomonlama rivojlanishi, aholi turmush tarzini yanada yaxshilash uchun o‘z vazifalariga masʼuliyat bilan yondashishi yuzasidan yana bir bor ogohlantirildi va aksariyat masalalarda o‘zaro hamkorlikda ishlash lozimligi taʼkidlandi.

Hafta yakuniga qadar qurilish, qishloq xo‘jaligi, xotin-qizlar va boshqa asosiy soha masʼullari ham, "ombor daftari" borasidagi hisobotlarini tuman hokimiga taqdim etib borishlari belgilangan.

Teglar
- -