Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha manzilli ishlar
Kecha Pastdarg‘om tumanida kriminogen vaziyati og‘ir hisoblangan “Amir Temur” mahallasida Davlatimiz rahbarining joriy yilda qabul qilingan 1 va 2-sonli qarorlari ijrosini sifatli hamda o‘z vaqtida taʼminlash masalalari yuzasidan Ichki ishlar vaziri tomonidan aniq topshiriqlar berilgan edi.
Bugun tuman hokimi J.Pardayev tuman prokurori, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va tegishli masʼullar hamrohligida mazkur mahallada amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rgandi.
Shuningdek, joylarda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq maqsad va chora-tadbirlar belgilab olindi.




