KORRUPSIYADAN HOLI DUNYO
Korrupsiya - mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy huquqiy hodisa bo‘lib, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi.
Jamiyatning maʼnaviy axloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.
Har qanday soha faoliyatini rivojlantirilishiga bel bog‘lash dastavval yuqori davlat boshqaruv organlari va uning quyi bo‘g‘inlarini korrupsiyaning tub ildizlaridan xalos etish zaruriyati bilan chambarchas bog‘lab turadi.
Pastdarg‘om tumani hokimi va prokurori 107 ta mahallalardagi hokim yordamchilari bilan "Korrupsiyadan holi dunyo" mavzusida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ushbu illat domiga tushishning oqibatlari tushuntirilib, bu kabi holatlar kuzatilayotgani bo‘yicha statistikalar keltirib o‘tildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning, ichki axloqiy-ruhiy maslagimiz, eʼtiqodimizga aylanishi kerakligi, mamlakatimizning kelajagini va obro‘-eʼtiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro korrupsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog‘i va unga qarshi kurashmog‘i shartligi taʼkidlandi.