insurez
27-05-2025 17:50

KORRUPSIYA - XAVFLI ILLAT!


Korrupsiya davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga putur yetkazuvchi og‘ir jinoyatdir.

Unga qarshi kurashish, uning oldini olish har bir kishining burchi sanaladi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand viloyati filiali mutasaddilari, tuman prokuraturasi va IIB masʼullari, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda ham, jamiyatni ushbu illatdan butkul holi etish xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, bu borada faqatgina huquq-tartibot idoralari xodimlari emas, balki har bir fuqaro tom maʼnoda murosasiz kurash olib borishi lozimligi taʼkidlandi.

Shu kabi, korrupsiya tushunchasi, uning kelib chiqish sabab va oqibatlari, unga qarshi kurashish tizimini yana-da rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida tushunchalar berildi.

Teglar
- -