KOREYALIK INVESTORLAR BILAN DASTLABKI KELISHUVLARGA ERISHILDI
Tuman hokimi o‘rinbosari va masʼullar ishtirokida Janubiy Koreya davlatidan tashrif buyurgan investorlar va yirik kompaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Chonnam viloyati Semail uyushmasi direktori janob Kim Jong Su, ushbu viloyatning Ekologik qishloq xo‘jaligi sanoati uyushmasi raisi ishtirok etib, ikkitomonlama manfaatli hamkorlik kelishuvlari borasidagi kelgusi rejalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda tumanimizda organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxonalar tashkil etish va eksportbop mahsulotlar yetishtirish kabi bir qator loyihalar yuzasidan dastlabki muzokaralar olib borilib, o‘zaro hamkorlikdagi kelgusi rejalar belgilandi.
Xususan, dastlabki qiymati 2 million dollar bo‘lgan organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun yer maydonlari tanlanib, ushbu loyihani Go‘zalkent hududida tashkil etishga kelishib olindi.
Bu boradagi muzokaralar davom etadi.




