insurez
28-11-2025 16:04

KO‘CHAT EKISH BO‘YICHA KO‘RGAZMALI SEMINAR BO‘LIB O‘TDI


Pastdarg‘om tumanida "Yashil makon" loyihasi doirasida keng qamrovda amalga oshirilayotgan ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Jumladan, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tashabbusi bilan “Ming chuqur” kanali yoqasida joylashgan “Oq uy” suvchilar uyida ko‘chat ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etilib, 2000 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, mazkur qaror qishloq xo‘jaligi maydonlaridan oqilona foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish va hududlarda ekologik barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Hurmatli tumandoshlar, o‘zingiz yashab turgan mahalla, qishloq, ko‘cha hamda xonadonni chinakamiga yashil hududga aylantirish ishlariga befarq bo‘lmang!

Teglar
- -