KELGUSI MAQSAD VA VAZIFALAR BELGILANDI
Tuman hokimi J.Pardayev tegishli mutasaddilar hamrohligida "mahalla yettiliklari" va ularga biriktirilgan masʼullar bilan zoom platformasi orqali muhokama o‘tkazdi.
Unda kun tartibidagi masalalar, jumladan, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlar obodligini saqlash, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, "Yashil makon" dasturi borasidagi vazifalar, kommunal soha tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlili kabi masalalar xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, muhokamada mahalla raislari va joylardagi vakillar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, mahallalardagi mavjud muammolar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdi hamda ular bo‘yicha aniq chora tadbirlar belgilandi.




