Kamg‘allikka barham berish va ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish modeli: O‘zbekiston tajribasi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda kam ta’minlangan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilgan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar xalqimiz farovonligini oshirishda muhim bosqich bo’ldi. Yurtimizda kamg‘allikka barham berish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishning yangi modeli yaratildi. Bu model xalqaro tajribalarga tayangan holda, milliy xususiyatlarimizga mos tarzda ishlab chiqilgan. Mazkur modelning asosiy yo‘nalishlari — ijtimoiy xizmatlar tizimini mahallabay tashkil etish, aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugungi kunda tumanimizning barcha mahallarida ijtimoiy hodimlar faoliyati yo’lga qo’yildi. Markazimiz faoliyatining bosh maqsadi – aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlash, ularni psixologik, huquqiy, tibbiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat va bugungi kunda 102 turdagi ijtimoiy xizmatlar kompleks tarizda yurtoshlarimizga ko’rsatilib kelinmoqda. Tumanimizda o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz yashovchi va yolg’iz keksalar reestridagi fuqarolar soni 115 nafarni tashkil qiladi. “Faol hayotga qadam” loyihasi doirasida 109 nafariga ijtimoiy maishiy yordam ko’rsatilmoqda, 59 nafar o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lganlar uy sharoitida qarash uchun qamrab olingan, ularining oila a’zolari o’z-o’zini band qilib ro’yxatdan o’tishadi va ko’rsatilgan xizmat haqi vaucher hisobida qoplanib beriladi. Ularning 33 nafari tibbiy ijtimoiy reabilitatsiya qilingan bo’lsa, yana 8 nafari kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatiga jalb qilingan, shuningdek 7694 nafar oilalar Kam taminlangan oilalar yagona ijtimoiy himoya reestrga kiritilgan ularga, moddiy yordam va ko’maklar doimiy tarzda ko’rsatilib kelinmoqda. 11036 nafar nogironligi bo’lgan shaxslar tumanimizda mavjud bo’lib, joriy yilda 1 164 nafar nogironligi bo’lgan shaxslar protez-ortopediya moslamalari bilan elektron vaucher orqali ta’minlandi. Bolalarini ijtimoiy himoya qilish sohasida 144 242 nafar bolalar doimiy e’tibor markazida, shundan 915 nafar bolalar vasiylikga olingan, 367 nafari homiylikga olingan, 26 nafari Yoshlarga hamrohlik xizmatidan foydalanmoqda, shu bilan birgalikda joriy yilning yanvar-sentabr oylarida markaz tomonidan 1546 nafar fuqarolarga huquqiy psixologik xizmatlar ko’rsatildi.
Bundan tashqari, “Inson” markazlari faoliyatida mahalla bilan hamkorlik alohida o‘rin tutadi. Mahalla yettiliklari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda oilalarning real muammolari o‘rganilib, har bir holatga mos yondashuv ishlab chiqiladi. Bu esa ijtimoiy yordamning samarasini oshirib, aholining davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Pastdarg‘om tumanida ham yuzlab fuqarolar kamg‘allikdan chiqib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqda. Kasb-hunar markazlari bilan hamkorlikda ayollar va yoshlar uchun o‘quv kurslari tashkil etilmoqda, bandlik dasturlari asosida nogironligi bo’lgan mehnatga layoqatli shaxslarga o‘nlab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Shu jihatdan, O‘zbekistonning kamg‘allikka barham berish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha tajribasi – insonparvarlik, adolat va taraqqiyot tamoyillariga tayanadigan samarali model sifatida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.
Bizning maqsadimiz — har bir insonni e’tiborda ushlash, hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik va ijtimoiy adolat tamoyillarini amalda qaror toptirishdir.
Aziz Usmanov
Pastdarg‘om tuman “Inson”
Ijtimoiy xizmatlar markazi direktori