insurez
08-04-2025 18:45

JUMA SHAHRIM G'URUR - FAXRIM!


Aytaylik bir muddat o'qish yoki biror yumush bilan boshqa shaharda bo'ldingiz.

Vaqti kelgach, o'zingiz tug'ilib o'sgan tumanga, jonajon shahringizga qaytayapsiz.

Shaharga kirib kelishingiz bilan atrofi rang-barang gullarga burkangan zamonaviy va muhtasham qilib yasatilgan "Juma shahrim g'urur- faxrim" jumlasiga ko'zingiz tushdi.

Shu on har bir pastdarg‘omlik qalbida o'zgacha iliqlik, faxr va yurtiga bo'lgan mehr tuyg‘ulari yanada jo'sh urishi aniq.

Ayni paytda Charxin hududidan Juma shahriga kirib kelaverishdagi ancha vaqtlardan buyon qarovsiz qolgan joyda aynan shunday muhit yaratilgan.

"Juma shahrim g'urur- faxrim" jumlasi bitilgan va atrofi gullar bilan to'ldirilgan hududga ko'zi tushgan kishining dili yayrab, kayfiyati ko'tariladi.

Teglar
- -