insurez
14-05-2025 12:39

#Jarayon


Bir muddat avval, Pastdarg‘om tumanidagi Kimyogarlar qo‘rg‘onida viloyat rahbarlari ishtirokida foydalanilmasdan turgan obyektlar, bo‘sh turgan binolar va kam quvvatda ishlayotgan korxonalar faoliyatini yaxshilash bo'yicha olib borilgan o'rganishlar yuzasidan uchrashuv o‘tkazilgani xususida xabar qilgan edik.

Bunda, har bir ishbilarmonning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymayotganlik sabablari, muammo va kamchiliklari o‘rganilib, "Bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha" Shtab tashkil etishga kelishib olingani ham sizlarga ma'lum.

Ushbu uchrashuvdan kelib chiqqan holda Pastdarg'om tumanida viloyat va tuman masʼullaridan tashkil topgan tuman hokimi Sh.Rahmonov rahbarligida Shtab faoliyati tizimli yo'lga qo'yildi.

Bugun erta tongdan Shtab aʼzolari Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi bo'sh turgan yoki kam quvvatda ishlayotgan obyektlarning faoliyatini o’rganish ishlarini davom ettirishdi.

Dastaval, "Sofiya home textil" MCHJga qarashli mebel va ko'rpa-to'shak uchun matolar ishlab chiqarish korxonasi loyihalari bilan tanishish barobarida, muammo va takliflarini o'rganishdi.

"Sam industrial progres" MCHJga qarashli avtoklavli gazablok ishlab chiqarish korxonasida olib borilgan o'rganishlarda ham korxona faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Bu kabi o'rganishlar kun davomida davom etadi.

Teglar
- -