#Jarayon
Yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasi o'laroq, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashish, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga yuqori texnologiyali sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida bir qator ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda.
Bu borada berilayotgan imkoniyatlar va yaratilayotgan qulayliklar natijasida Pastdarg'om tumanida ham xususiy tibbiyot muassasalarining soni ortib bormoqda.
Ayni paytda, Havuzak mahallasida joylashgan "Mega star clinic" nomli yana bir yangi xususiy shifoxona foydalanishga topshirilmoqda.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli tashkilotlar rahbarlari, soha mutasaddilari, nuroniylar hamda faollar ishtirok etmoqda.