insurez
27-08-2025 11:30

#Jarayon


Bugun istiqlol shodiyonalari arafasida ishga tushirilayotgan ijtimoiy soha obyektlari qatorida, Nayman mahallasidagi 56-maktabda qurilgan yangi qo‘shimcha bino ham foydalanishga topshirilmoqda.

Investitsiya mablag‘lari hisobidan 2,7 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan yangi bino 300 o‘ringa mo‘ljallangan.

Taʼlim sohasi masʼullari, nuroniylar va faollar ishtirok etayotgan tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Rahmonov so‘zga chiqib, barchani istiqlol ayyomi va yangi maktab binosi ishga tushishi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Maʼlumot uchun, maktabning yangi qo‘shimcha binosi ishga tushishi natijasida navbatlilik koeffitsiyenti 1,9 dan, 1,1 ga tushdi.

Teglar
- -