#Jarayon
Bugun, tuman hokimining ish kuni avvali bilan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha olib borilayotgan o'rganishlar ayni paytda Nayman MFYda davom etmoqda.
Bunda, "mahalla yettiligi" tomonidan bajarilayotgan ishlar bilan tanishilib, har bir xodimning xizmat vazifasi asosida olib borayotgan ishlari va kelgusi rejalari bilan qiziqilyapti.
Shuningdek, mahalla hududini obodonlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, qabristonlarda hasharlar tashkil etish, ko'kalamzorlashtirish va obod qilish masalalari muhokama markazida bo'lib, bu borada aholi birdamlikda ish olib borishi lozimligi ta'kidlanmoqda.
Bu kabi o'rganishlar kun yakuniga qadar barcha mahallalarda davom etadi.