insurez
08-11-2025 10:25

#Jarayon


So‘ngi yillarda yurtimizda taʼlim sohasida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar e’tiborga molik.

Shu o‘rinda Pastdarg‘om tumanida ham, ushbu tizimni yana rivojlantirishga hamda yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayni paytda, tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida, ushbu soha mutasaddilari, tegishli masʼullar hamda maktablarning barcha ustozlari va to’liq jamoalari bilan zoom platformasi orqali tahliliy uchrashuv o‘tkazmoqda.

Unda, taʼlim dargohlarida qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik, fan olimpiadalari natijalari, "e-maktab.uz" platformasining yuritilishi, o‘qituvchilarning milliy va xorijiy sertifikatlarni olish darajasi kabi yana bir qator muhim masalalar xususida so‘z yuritilmoqda.

Taʼlim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, berilgan topshiriqlar ijrosi va boshqa masalalar yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida ko‘rsatmalar berilib, aniq vazifalar belgilanyapti.

Teglar
- -