#Jarayon
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosarlar va masʼullar hamrohligida, birinchi sektor hududidagi mahalla raislari hamda hokim yordamchilari bilan uchrashib, mazkur sektorda bayram oldi aholi kayfiyati, istiqlol shodiyonalariga munosib tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish, harakat xavfsizligi taʼminlash, shuningdek, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazmoqda.
Shu kabi, o‘rganishlar Qorasuv mahallasi hududida olib borilib, mahalla masʼullari tomonidan bajarilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.