insurez
06-08-2025 18:02

#Jarayon


Pastdarg‘om tumanida hududlarni obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, gulzorlashtirish va aholi kayfiyatini yaxshilash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu kabi ishlarda tuman faollari va tashkilotlar rahbarlari ham tashabbus ko'rsatib, tashkilotchilik hamda boshqa masalalar borasida o'z hissasini qo'shib borayotir.

Ayni paytda Kamolot mahallasi hududidan o'tgan asosiy yo'l yoqasida tuman hokimi Sh.Rahmonov, faollar va mutasaddilar ishtirokida hududlarni obod qilib, so'lim go'shaga aylantirgan tegishli mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ko'rgazmali seminar o'tkazilmoqda.

Teglar
- -