insurez
11-03-2025 07:11

#Jarayon


Ayni paytda, tuman hokimi tuman prokurori, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va tegishli mas'ullar hamrohligida Samarqand shahridan Juma shahrigacha bo‘lgan hududda o‘rganish olib bormoqda.

Bunda, ushbu hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ichki suv tarmoqlarini qazish va betonlashtirish, ko'chatlar o'tqazish, ko'kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilish barobarida, har bir obyektda va hududda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma, topshiriqlar berilib, bu boradagi vazifalar belgilanmoqda.

Shuningdek, binolar fasad qismini taʼmirlash va atrofni tartibga keltirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalarlar berilyapti.

Teglar
- -