insurez
29-03-2025 12:50

#Jarayon


Bugun erta tongdan tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori, tegishli o‘rinbosar, qishloq xo‘jaligi masʼullari va mutasaddilar hamkorligida fermer xo‘jaliklarida hamda ekin maydonlarida olib borilayotgan ish jarayoni bilan tanishmoqda.

Bunda, ekin maydonlarini chigit ekishga tayyorlash va zarur agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yerga urug‘ qadashda ekilayotgan g‘o‘za navi, urug‘lik chigit sifati, ekish tartibiga jiddiy eʼtibor qaratish, g‘alla parvarishi, texnikalar shayligi, dala chetlariga ko‘chatlar o‘tqazish, suv tejamkorligini yaxshilash va tomchilatib sug‘orish hajmini kengaytirish, dala cheti madaniyati kabi masalalar borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

O‘rganish ishlari ayni damda Sharof Rashidov 2 MMTP hududidagi "Zarbdor, hosildor zamin dalasi" fermer xo‘jaligida olib borilayotgan bo‘lib, kun yakuniga qadar ekin maydonlari hududi nisbatan katta bo‘lgan fermer xo‘jaliklarida davom etadi.

Teglar
- -