#Jarayon
Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy maʼno kasb etadi.
Ayni paytda, Grand Diydor bazmgohida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan turli sohalarda faoliyat yuritib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlar, nuroniy onaxonlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun bayram tadbiri bo'lib o'tmoqda.
Tadbir ishtirokchilarini tuman hokimi Sherzod Rahmonov bahorning ilk bayrami bilan muborakbod etdi.
So‘ng, bir qancha faol xotin-qizlarga sovg‘alar ulashildi.