insurez
23-07-2025 17:27

#Jarayon


Usta bobodehqonlarimiz orasida shunday gap bor: "paxta kunning issiq paytida asl holatini ko‘rsatadi".

Yaʼni, g‘o‘za nihollari havo harorati ko‘tarilgan pallada o‘zining asl holatini namoyon qiladi. Shunga ko‘ra, mutaxassislar paxta ekiniga qanday ozuqa zarurligi yoki, qaysi agrotexnik tadbirning olib borilishi lozimligini bilib olishadi.

Ayni paytda tuman hokimi Sh.Rahmonov Sh.Rashidov MMTPdagi Zarbdor hosildor zamini fermer xo‘jaligida, fermer xo‘jaligi raisi hamrohligida paxta maydonlarining holati bilan tanishmoqda.

Bunda, yetishtirilayotgan g‘o‘za ekinlari ko‘zdan kechirilib, uning parvarishi yuzasidan zarur tavsiyalar berilyapti.

Maʼlumot uchun, g‘o‘za parvarishi va agrotexnikasi bo‘yicha favqulodda holat, yaʼni, "dolzarb 50 kunlik" tadbirlari doirasida tegishli mutasaddilar tomonidan olib borilayotgan ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Teglar
- -