#Jarayon
Ayni kunlarda, Samarqand viloyati delegatsiyasi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish maqsadida Italiya davlatida bo‘lib, ushbu mamlakatdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishmoqda.
Mazkur xizmat safarida ishtirok etayotgan Pastdarg‘om tumani hokimi boshchiligidagi tuman delegatsiyasining ilk manzili Italiyaning Milan shahrida joylashgan “MADE” ko‘nikmalar markazi bo‘ldi.
Ushbu markaz sanoat sohasida o‘z bilimlarini yangilashni yoki qayta tayyorlashni xohlaydiganlar uchun mo‘ljallangan tuzilma bo‘lib, Muayyan biznes ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtirilgan kurslar, moslashuvchan tarkib va biznesning maqsadlari asosida aniqlangan usullarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Markaz butun Yevropa mamlakatlari bo‘yicha asosan kichik biznes subyektlari faoliyatini avtomatlashtirish va muayyan sohaga investitsiya kiritishdan oldin uni sinab ko‘rish orqali 550 dan ortiq kompaniyalar o‘rtasida katta natijalarga erishgan.
Tashrif davomida ushbu kompaniya faoliyatini Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.