#Jarayon
Ayni paytda, Pastdarg‘om tumanida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan konsert dasturi o‘tkaziladigan "Yangi O‘zbekiston" maydonida ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, tuman hokimi, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, tuman IIB boshlig‘i va tegishli masʼullar ishtirokida ko‘zdan kechirilmoqda.
Bunda, bayramni risoladagidek o‘tkazish, unga munosib tayyorgarlik ko‘rish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish borasida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilyapti.