#Jarayon
Bugun erta tongdan tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli tashkilotlar masʼullari hamrohligida Juma shahridan Xonchorbog' mahallasigacha bo'lgan hududdagi mahallalar bo'ylab, aholi kayfiyati, fuqarolar muammolari, yashash sharoitlari, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlari holati bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda.
Bunda aholi tomorqasidan unumli foydalanish, ko‘chatlar ekish, ichki suv yo‘llarini qazish va betonlashtirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ishlar tahlil etilib, nizoli oilalar bilan ishlash, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinmoqda.
O'rganishlar davomida ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga alohida eʼtibor qaratilib, texnikalarining shayligi, g‘allani oziqlantirish, paxtani belgilangan tartibda ekish, dala cheti madaniyati, zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, mahalliy o‘g‘itlarni chiqarish bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan fermer xo‘jaliklari kesimida ko’zdan kechirilmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida Xonchorbog' hududidan boshlab, 10 ga yaqin mahallalarni o'ziga qamrab olgan Chimboyobod hududining Pastdarg‘om tumani chegarasigacha o'rganish ishlari olib borilishi mo'ljallangan.