#Jarayon
Bugun ish kuni avvali bilan tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar, qishloq xo‘jaligi masʼullari va mutasaddilar hamkorligida fermer xo‘jaliklarida hamda ekin maydonlarida olib borilayotgan ish jarayoni bilan tanishmoqda.
Bunda, g‘alla parvarishi, yerlarni paxta ekishga tayyorlash, ko‘chatlar o‘tqazish, ichki suv tarmoqlarini qazish, betonlashtirish, dala cheti madaniyatiga rioya qilish, mahalliy o‘g‘itlarni chiqarish, ekin maydonlarida zarur agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, texnikalar shayligi, o‘zboshimchalik ekilgan ekinlarni bartaraf etish kabi masalalar borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
O‘rganish ishlari ayni damda Do'stlik MMTPdagi Chortut, Pastdarg‘om Baraka, Elnur Jonibek Jo'ra kabi farmer xo'jaliklari hududida olib borilayotgan bo‘lib kun yakuniga qadar boshqa hududlarda ham davom etadi.