insurez
11-03-2025 15:00

#Jarayon


Ayni paytda tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman IIBning qishloq xo‘jaligiga aloqador masʼul xodimlari, tegishli mutasaddilar hamkorligida fermer xo‘jaliklarida hamda ekin maydonlarida olib borilayotgan ish jarayoni bilan tanishmoqda.

Bunda, g‘alla parvarishi, yerlarni paxta ekishga tayyorlash, ko‘chatlar o‘tqazish, ichki suv tarmoqlarini qazish, betonlashtirish, dala cheti madaniyatiga rioya qilish, mahalliy o‘g‘itlarni chiqarish, ekin maydonlarida zarur agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, texnikalar shayligi, o‘zboshimchalik ekilgan ekinlarni bartaraf etish kabi masalalar borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

O‘rganish ishlari ayni damda Sharof Rashidov 2 MMTP hududida olib borilayotgan bo‘lib kun yakuniga qadar boshqa hududlarda ham davom etadi.

Teglar
- -