insurez
11-08-2025 18:16

IXTISOSLASHTIRILGAN SANʼAT MAKTABLARI O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQASI


Yurtimizda yoshlarni sportga jalb etish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh iqtidorlarni saralab olish va munosib taqdirlash maqsadida turli musobaqa hamda turnirlar o‘tkazib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab internatida sportning mini futbol turi bo‘yicha "O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi kubogi" uchun futbol musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Unda, ko‘plab viloyatlardagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatlarining xodimlaridan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. 

Qizg‘in kechgan bellashuvlarda tumanimizdagi Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Teglar
- -