insurez
09-07-2025 16:41

ITALIYA SAFARIDAN...


Ayni paytda tuman hokimi Sh.Rahmonov boshchiligidagi Pastdarg‘om delegatsiyasi viloyat delegatsiyasi tarkibida Italiyaning Milan shahrida bo‘lib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishayotgani xususida xabar qilgan edik.

Delegatsiya aʼzolarining navbatdagi manzili Milan shahrida joylashgan MIND innovatsiyalar shaharchasida (Milano Innovation District) bo‘ldi.

Ushbu markaz 100 gektar yer maydoni egallagan bo‘lib, Italiyaning eng yirik ilmiy tadqiqot markazi ham aynan shu manzilda joylashgan.

Yevropa miqyosidagi eng yirik va istiqbolli innovatsion markazlardan biri sanalgan mazkur shaharcha bugun ilm-fan, texnologiya, sog‘liqni saqlash va ustuvor tadqiqotlar sohalaridagi hamkorliklar uchun asosiy maydon hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu hududga 5,0 mlrd dollar investitsiya mablag‘lari jalb etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi urbanizatsiyani rivojlantirishdan iboratdir. 

Ushbu shaharchaga tashrif davomida Lombardiya viloyatining investitsiya sohasidagi hamkorligi bo‘yicha maʼlumotlar bilan ham tanishildi.

Shu kabi, innovatsion shaharcha bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari ham ilgari surildi.

Teglar
- -