"IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI"NING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI
Tuman Madaniyat bo‘limi binosida umumtaʼlim maktablaridagi “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari o‘rtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda, Pastdarg‘om tumanidagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida tahsil oluvchi 6-10-sinf o‘quvchilari jamoaviy tarzda ishtirok etishdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 80-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 52-maktab jamoasi, 3-o‘rinni esa, 53-maktab jamoalari qo‘lga kiritdi.
Musobaqa so‘ngida g‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg‘alar taqdim etildi.